Tereza Mey Yevropa Ittifoqidan Brexit’ni 30-iyunga qadar uzaytirishni so‘radi

0

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yevropa Ittifoqidan Brexit’ni 2019-yilning 30-iyunigacha qoldirishni so‘radi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Press.lv

Bosh vazir, Yevropa Kengashi raisi Donald Tuskka tegishli iltimos bilan maktub yo‘lladi.

Britaniyalik jurnalistlar tomonidan nusxasi tarqatilgan maktubda Brexit uchun eng maqbuli Yevroittifoqni kelishuv bilan tark etish deyilgan. U Britaniya parlamenti Brexit’ning qaysi variantiga mos kelishini hal qila olmaganini qayd etgan.

“Bu holat boshqa davom etishi mumkin emas (…) Shu sababli hukumat to‘g‘ri qaror bo‘yicha parlamentning quyi palatasi bilan konsensunsga kelishi kerak”, — deydi Mey.

Britaniya hukumati Brexit bo‘yicha konsensusni topish uchun hozirgi paytda muxolifat ishchi partiyasi bilan hamkorlik qilmoqda.

20-mart kuni Mey Bryusseldan Brexit’ni 29-martdan 30-iyungacha ko‘chirishni so‘ragan.

Yevropa Ittifoqi Britaniyaga Brexit’ni 22-mayga qadar faqat Britaniya Parlamenti ittifoqdan chiqib ketish haqidagi bitimni ma’qullashi uchun qoldirishini ma’qullagan. Aks holda, Brexit faqat 12-aprelga qadar uzaytiriladi va shu kuni mamlakat YeIni hech qanday kelishuvsiz tark etishi kerak.

Britaniya parlamenti Yevropa Ittifoqini tark etishning hech qanday variantini hali qabul qilmadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting