Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida mutaxassislar Dubayda malaka oshirib qaytishdi

0

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazining yosh mutaxassislaridan 6 nafari xorijda tajriba va malaka oshirish uchun xorijga yuborilgan edi.

Foto: jumeirah.com

Mutaxassislar ushbu loyiha asosida ICBA xalqaro markazining Dubaydagi ofisida ilmiy tajriba o’tashdi. Loyiha ICBA, vazirlik va markaz o’rtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshirildi.

Shoʻrlangan va qurgʻoqchil yerlarda olib borilayotgan amaliy tajribalarni oʻrganib qaytgan mutaxassislar ishtirokida bugun vazirlik binosida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.

Mutaxassislar Nukusda joylashgan Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazi va uning Mo’ynoqdagi bo’limidagi ilmiy va amaliy izlanishlarni davom ettirishadi.

Eslatib oʻtamiz, 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining 6 nafar mutaxassisi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) bosh ofisiga ilmiy amaliyot oʻtash uchun safarga joʻnab ketgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting