Buyuk sarkarda Iskandarning oʻlimi haqidagi bashorat

0

Buyuk sarkardaning umri payoni haqidagi folda, uning yotgan yeri temir, osmoni esa oltin boʻlishi bashorat qilingan. Bu haqda Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy”ga tayanib, “Yosh kuch” jurnali mazkur hikoyani keltirgan.

Iskandar Zulqarnayn oʻn uch yillik dengiz mashaqqatlari tufayli betob boʻlib, soʻng ortga qaytadi. Oʻzining salomatligi yaxshi emasligi bois, uning hayoliga foniy dunyoni tark etish fikri kela boshlaydi.Elni oʻz odatiga undab, mamalakat boshqarish tartib-qoidalarini belgilab beradi.

Dengizdan chiqib, sahroda ketar ekan, xastalik va jazirama taʼsirida otdan yiqiladi. Hamrohlari tomonidan sarkardaning ostiga temirdan yasalgan bir jang quroli qoʻyilib, ustiga oltin suvi yuritilgan qalqon tutadilar.

Iskandarga bu manzaraga boqar ekan, taqdirining soʻnggi pallasini bashorat qilgan folbinni eslaydi.

Iskandar shundan soʻng onasiga maktub yozib, qattiq aza tutishni taqiqlab, Iskandariyaga koʻmishlarini va albatta, tobutdan qoʻlini chiqarib qoʻyishlarini tayinlaydi.

”…Toki odamlar bunga hayrat, ibrat koʻzi bilan boqib bilsinlarki, bu panjalar dengizu quruqlikni zabt etdi, ammo ketar chogʻda chinorning yaproqsiz butogʻidek boʻm-boʻsh qoldi”, deya asardan parcha keltiradi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting