Xitoydagi fonarlar bayrami tarixi(foto)

0

Bayram nomi uch soʻzdan iborat. “YUAN” – “birinchi, dastlabki”, “SYAO” – “kecha, tun” va “JIЕ” – “yilning eng birinchi oy toʻlgan kechasi” hisoblanadi. Birinchi oyning 15-kuni xitoyliklarning aytishicha, bu kun bahor boshlangan asl sana sanalarmish, deyiladi Olam aro jurnalida.

Картинки по запросу xitoy bayramlari

Qadim zamonlarda bir kishi samoviy imperatorning muqaddas qushini bexosdan oʻldirib qoʻyibdi. Bundan qattiq achchiqlangan imperator qoʻmondonga jazo sifatida barcha odamlarni yoqib yuborishni buyuribdi. Donishmandlardan biri qoʻmondonni hiyla ishlatish maqsadida har oila uyida fonar yoqib qoʻyishi lozimligini aytibdi.

Hiyla omadli chiqibdi. Qoʻmondon imperator buyrugʻini bajarish uchun yoʻlga otlanib qarasaki, butun hudud alanga ichida. U ajablanib ortiga qaytibdi va bosh hukmdorga amri vojib boʻlganini yetkazibdi. Shunday qilib, aholi omon qolibdi.

Miloddan avvalgi 104 yilda fonarlar bayrami milliy bayram sifatida eʼlon qilgan.

Fonarlar bayramining bosh ramzi – yoʻlbars sanalib, kechalarda yoʻlbars raqmi tomoshasi uyushtiriladi.

Bayramning eng yorqin lahzalaridan biri bu – fonarlar ichiga yashirilgan topishmoqlarni topish. Bu Xitoy donishmandligiga ishora sifatida baholanadi va topishmoqni javobini topgan odamga sovgʻalar beriladi.

Bayram kunlari odamlar mehmon kutishib, oy koʻrinishidagi bayram taomi bilan bir-birlarini siylashadi.

Shu kuni koʻchalar taypin-gu deb nomlangan ulkan doʻmbiralar sadosida koʻmiladi, ajdarho shakli tushirilgan fonarlar bilan toʻladi va raqslar raqslarga ulanadi.

Odamlar bir-birlarini Sun sulolasi ramzi boʻlgan nargis gullarini tuhfa etadilar.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting