Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida aka ukasini pichoqladi

0

Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi Jarqishloq mahallasida mudhish jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda UzA ma’lum qildi.

Mazkur janjal Toʻra Valiyevga tegishli Qumqoʻrgʻon tumani Toʻda mahallasi hududidagi oʻn sotix yer maydonini oldi-sotdi masalasi bo’yicha yuz bergan.

Шўрчи туманида мудҳиш қотиллик содир этилди
Foto: UzA

Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani  Jarqishloq mahallasida istiqomat qilgan akasi Toʻra Valiyevga tegishli Qumqoʻrgʻon tumani Toʻda mahallasi hududidagi oʻn sotix yer maydonini oʻn million soʻmga sotib, pulini akasi T.Valiyevga olib kelib beradi.

Sotilgan yerda T. Valiyev 21 yoshdagi oʻgay singlisining ulushi borligini bilib qolib, besh million soʻm pulni B.Noziyevga Toʻda mahallasi raisi va boshqa guvohlar ishtirokida qaytarib beradi, bu haqda dalolatnoma ham tuzadi. Qolgan pulni uyda berishni vaʼda qiladi. Biroq T.Valiyev uyiga qaytib kelgach, ukasiga har xil bahonalarni roʻkach qiladi. Pulning qolgan qismini qaytarib berish imkoniyati yoʻqligi va tilxat yozmasligini aytadi.

Akasining bu gapidan jahl otiga mingan S.Valiyev akasini uyiga borib, janjal koʻtaradi. Uning chap koʻkrak sohasiga ikki marta oshxona pichogʻini urib, tan jarohati yetkazadi. Oqibatda T.Valiyev kasalxonada vafot etadi.

Mazkur holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.