O‘zbekiston bozorlarida go‘sht va sut narxi barqarorligi ta’minlanadi

0

Prezident qaroriga muvofiq bozorda go‘sht va sut narxini barqarorligini ta’minlash choralari belgilandi, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: Spot.uz

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘ZNASLCHILIK” va “O‘zzoovetta’minotxizmat” davlat korxonalari “O‘zbekchorvanasl” Agentligi tarkibiga o‘tkazildi. Chorva mollarini sug‘urtalash tartibi ishlab chiqiladi.

Go‘sht va sut narxi barqarorligini ta’minlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan quyidagilar tashkil etiladi:

  • qoramollarni bo‘rdoqiga boqishga ixtisoslashgan korxonalar;
  • sut yo‘nalishidagi korxonalar.

Qarorga muvofiq, 2019−2021-yillarda chorva mollari soni, go‘sht va sut ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Mazkur ko‘rsatikichlarga muvofiq respublikada 2021-yilga kelib 13 ming 825 bosh chorva mollari, 3 mln 646 ming 300 tonna go‘sht hamda 11 mln 882 ming 500 tonna sut ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.