“Yandeks” oʻz qidiruv tizimini Oʻzbekiston uchun ham moslashtirdi

0

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi internet qidiruv tizimini Oʻzbekiston uchun ham moslashtirdi. Endi foydalanuvchilar maʼlumotlar, rasmlar va videolarni butun internet boʻylab, shu qatorda Tas-ix tarmogʻi saytlari boʻyicha ham izlashlari mumkin. Bu haqda kompaniya vakillari bugun boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Foto: Yandex

Internet boʻyicha Tas-ix saytlari “T” belgisi bilan belgilab qoʻyildi. Hozirga kelib “Yandeks” Tas-ixʼning 2500dan ortiq saytini bilishi maʼlum qilindi.

Javoblarni izlab topishda soʻrov hujjati mazmuni, resurs sifati, sahifani yuklash tezligi va foydalanuvchilarning shaxsiy qiziqishlari inobatga olinadi. Xususan, kompaniya maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda tashkilotlarni qidirish ommalashgan. Shuning uchun “Yandeks” bir necha oʻn minglab kompaniyalar haqidagi maʼlumotlarni ham tizimga kiritdi. Foydalanuvchilar muassasalarni baholar, eʼtiroflar va ish soatlariga qarab topishlari mumkin.

Bundan oldin “Yandeks” Oʻzbekiston uchun bir nechta mashhur ilovalar va servislarni ishga tushirgandi. Shu yil mart oyi oʻrtasida “Yandeks Metro”, 2018 yilda “Yandeks Mahalla”, “Yandeks Musiqa” servislari, shuningdek, “Yandeks Navigator” ilovasi amaliyotga joriy etildi. Ayni paytda yurtimizda uning eng ommalashgan servisi oʻtgan yil aprelidan yoʻlga qoʻyilgan “Yandeks Taksi” hisoblanadi.