Kuvayt Orolbo‘yida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda ko‘mak beradi

0

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentda mamlakatda shaxsiy tashrif bilan bo‘lib turgan Kuvayt bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, mudofaa vaziri shayx Nosir Saboh al-Ahmad as-Saboh bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlarini rivojlantirish, ularga ko‘p qirrali tus berish uchun sezilarli salohiyatning mavjudligi e’tirof etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion sohadagi aloqalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, O‘zbekistonda muhim ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish fondi va boshqa investorlarning moliyaviy mablag‘larini jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi. Orolbo‘yi mintaqasida ijtimoiy loyihalarni ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida kelishib olindi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoni Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasi bilan bog‘lovchi transport korridorlarini diversifikatsiya qilishga o‘zaro qiziqish bildirildi. Shu jihatdan “O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Ummon” transport koridorining muhimligi qayd etildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting