Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

0

Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Emmanuel Teylorga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Instagram

Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, Shahram interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak boks kechasi AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan.