Islom dinida rasm chizish man qilinganmi? Taniqli rassom javob berdi

0

Taniqli Karikaturachi rassom Mahmud Eshonqulov “Yoshlik” jurnali muxbiri bilan suhbatlashdi.

Foto: “Korrespondent.uz”

“…Islomda rasm chizish man qilingan deyishadi. Bu haqda koʻp oʻylab koʻrganman”, deydi rassom.

“Haqiqatdan ham, jonli yaratiqlarning shaklini yaratish faqat Oʻzigagina hos. Men shu holni rad etmagan holda, baʼzan fikr yuritib koʻraman, tarixga nazar solaman, ilmi bor odamlar bilan suhbatlashaman.

Foto: “Korrespondent.uz”

Nazarimda, rasm chizish maʼlum davr man etilgani oʻsha paytdagi holat bilan bogʻliq. Yani yaxshi bilamiz, odamlar Yaratganga emas turli rasm va haykallarga sigʻinib turgan bir paytda rasm chizish maʼqul ish sifatida qaralmagan. Ammo kiyinchalik vaziyat, tasviriy sanʼatga munosabat oʻzgargan. Tarixga bir nazar soling, Kamoliddin Behzod katta musavvir boʻlgan. Oʻz zamonasining mashhur kishilarining suratini chizgan… Hozirgi zamonda koʻplab tanlovlarda arab dunyosidan ham rassomlar keladi… Aytmoqchi boʻlganim, odamning amali niyatiga ham bogʻliq. “ Amallar niyatga bogʻliq” degan hadis koʻnglimga yorugʻlik bagʻishlaydi”.

Foto: “Korrespondent.uz”

“…Karikaturada bitta narsa muhim. Faqat kulgu uygʻotib yoki mazax qilib obroʻ olaman deyish xunuk ish rassom uchun… Yana bir yomon odat urchiyapti: karikatura oxirgi paytlarda adovat qoʻzgʻash, fitna yaratish uchun dastak boʻlayapti. Xabaringiz boʻlsa kerak, Fransiyada Paygʻambarimiz ( s.a.v) ni kamsitib, karikatura chizishdi. Bu faqat Paygʻambarimizga emas, u zotning ortida turgan butun musulmon ummatini haqoratlash edi. Boshqa narsa emas! Shuning uchun men insonni uning millati yoki diniga bogʻlab mazax qilishdan oʻzimni yiroq tutaman. Koʻpchilikni qiynayotgan muammolarni rang orqali baralla aytishga urunaman”.

Foto: “Korrespondent.uz”

Muhammadsaid Xoldorov, “Korrespondent.uz”

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting