AQSH kompaniyasi O’zbekistonda traktorlar ishlab chiqarmoqda

0

Amerika Qo‘shma Shtatlarining “John Deere” kompaniyasi vakillari “O‘zagrotexsanoatxolding”da bo‘lishdi, deb xabar beradi “O‘zagrotexsanoatxolding” matbuot xizmati.

Foto: uzagrotechsanoatxolding.uz

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi “Agrotexmash-DD” korxonasida “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ va “John Deere” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, umumiy qiymati 32,4 million $ miqdoridagi 500 dona traktor ishlab chiqariladi.

Ta’kidlanishicha, O’zbekistonda “John Deere” brendi ostida turli rusumdagi traktorlar, paxta terish mashinalari ishlab chiqarilmoqda. 2018 yilda korxonada jami 300 dona traktor va paxta terish mashinalari ishlab chiqarildi. Tayyor mahsulot esa mamlakatimizdagi dehqon va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berildi.

John Deere — kompaniya 1837 yilda amerikalik temirchi va sanoatchi Jon Dir tomonidan tashkil etilgan. 1869-yilda kompaniya korporatsiya maqomini oldi. 1907-yilga kelib “Deere & Company” butun po’latdan ishlov beruvchilar, kultivatorlar, nonetrlar va boshqa uskunalar ishlab chiqara boshlagan.