Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida elektron to’lovlar joriy etiladi

0

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida elektron to’lovlar joriy etiladi, xabar beradi “O’zbekiston temir yo’llari” matbuot xizmati.

Foto: Advantour

Sinov tariqasida “Bodomzor” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarida joriy qilingan elektron to‘lovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi.

Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi, ya’ni NFC dasturini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, uyali aloqada mavjud bo’lgan hisoblardan ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo’ladi.

Metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s bo‘lgan Wi-Fi o‘rnatilgan (ichki resursida). Hozirgi kunda “Alisher Navoyi” va “Paxtakor” bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday O’zbekiston uyali aloqa operatori abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin.

Ayni paytda poytaxtimizdagi barcha metro bekatlarida Internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Mazkur loyiha “Independent Telecom innovations” IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting