AQSh O’zbekiston paxtasini sotib olishga qo’yilgan taqiqni bekor qildi

0

AQSh O’zbekiston paxtasini sotib olishga qo’yilgan taqiqni bekor qildi, deya xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: fb.com/yoshlarittifoqi.uz

2019-yil 25-martda AQShning Mehnat Departamenti o’zbek paxtasini 13126-sonli ijro etuvchi buyruq ro’yxatidan chiqarib tashlash to’g’risida yakuniy qaror qabul qildi. O’zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta bu ro’yxatga 2010 yilda qo’shilgan.

Ushbu masalaning jamoatchilik tomonidan muhokamasi AQSh departamenti tomonidan o’tgan yilning iyul oyi oxirida boshlandi. AQSh Mehnat Departamenti ma’lumotlariga ko’ra, Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi va “Xalqaro mehnatkashlar huquqlari bo’yicha xalqaro forumi” (ILRF), shuningdek, O’zbekistonning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan berilgan rasmiy izohlar tahlillari inobatga olindi.

Qarorda shuningdek, qayta aloqa mexanizmi, davlat mehnat inspektsiyasining ishonch telefonlari tizimi, O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududlarida “yuridik klinikalar”, shuningdek, xodimlar huquqlaring buzilishi holatlarini samarali aniqlash va ularga munosabat bildirish imkonini beruvchi prezidentning xalq qabulxonalari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi ham ta’kidlab o’tildi.

Mehnat Departamentining qarori:

“Qabul qilingan mulohazalar diqqat bilan o’rganib chiqilgandan so’ng, bo’limlar O’zbekistonda paxta yig’im-terimiga bolalar mehnatidan majburiy ravishda foydalanish sezilarli darajada qisqarganligini aniqladi. Natijada, ushbu mahsulotlar ijro etiladigan buyruqlar ro’yxatiga topshirish uchun zarur bo’lgan shartlarga javob bermaydi”, — deya yakunlanadi.

Amerika hukumatining paxtani ushbu “qora ro’yxat”dan chiqarib tashlash qarori AQShning har qanday davlat idorasiga ushbu mahsulotni sertifikatlashni (tovar bolalar va majburiy mehnatdan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan) talab qilmasdan sotib olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, AQShning Mehnat Departamenti vakillarining so’zlariga ko’ra, o’zbek paxtasini ushbu ro’yxatdan olib tashlash Amerika xususiy kompaniyalari o’zlarining ishbilarmonlik obro’si badnom bo’lishidan qo’rqmasdan O’zbekistondan yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik munosabatlariga kirish imkoniyatini beradi.