Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarini rahbarlari qanday kitoblarni sevib mutolaa qiladi?

0

Bugungi kunda kitobxonlik haqida koʻp gapirilyapti, ayniqsa 19 mart kuni boʻlib oʻtgan videoselektor majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu masalaga yanada jiddiy eʼtibor qaratdi.
Xushnudbek Xudayberdiyev “Rahbarlarning sevimli kitobi” loyihasi doirasida hukumat vakillari, jamoat arboblari, xorijiy mamlakat elchilari, xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakillaridan eng sevimli 3ta kitoblarining roʻyxatini oʻzining telegramdagi kanalida eʼlon qilgan.

Shuningdek, loyihada Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarini rahbarlari tomonidan oʻzlari sevib mutolaa qilgan hamda oʻquvchilarga tavsiya qilingan kitoblar roʻyxati ham keltirilgan.

Otabek Murodov – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

Artur Konan Doyl. Sherlok Xolmsga oid asarlari
Djon Perkins. “Iqtisodiy qotilning iqrori” (“Confessions of an Economic Hit Man”)
Abdulla Qodiriy. “Oʻtkan kunlar”

Abdusalom Azizov – Davlat xavfsizlik xizmati raisi

  • Amir Temur. “Temur tuzuklari”
    • Marsel Brion. “Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur”
    • Lev Tolstoy. “Urush va tinchlik”

Shuningdek, A.Azizov Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlarini ham albatta oʻqish kerakligini tavsiya qildi.

Bahodir Qurbonov – Mudofaa vaziri

  • Amir Temur. “Temur tuzuklari”
    • Erix Mariya Remark. “Uch ogʻayni”
    • Gabriel Garsiya Markes. “Yolgʻizlikning yuz yili”

Murodjon Azimov – Bojxona qoʻmitasi raisi

  • Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va Muhammad Yusuf sheʼriy toʻplamlari
    • Abdulla Qodiriy. “Oʻtkan kunlar”
    • Chingiz Aytmatov asarlari asarlarini ham tavsiya qilgan.