36 yoshli Kvalyarella Italiya terma jamoasida rekord o‘rnatdi

0

Italiya safida gol urgan eng “keksa” futbolchi bo‘lib terma jamoa tarixiga kirdi. Bu haqda Opta xabar berdi.
26-mart, seshanba kuni Yevro—2020 saralash bosqichida Italiya terma jamoasi o‘z maydonida Lixtenshteynni yirik hisobda mag‘lub etdi (6:0).

Foto: Twitter/@UEFAEURO

Mazkur uchrashuvda hujumchi Fabio Kvalyarella 2 marta raqib darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasidan gol urdi (35, 45-daqiqalar) va dublga erishdi.

Natijada hujumchi  Italiya safida gol urgan eng “keksa” futbolchiga aylandi. Ayni damda u 36 yosh 54 kunlik.

Avvalroq mazkur ko‘rsatkichda himoyachi Kristian Panuchchi yetakchilikni hech kimga bermay kelayotgandi (35 yosh 62 kunlik).