Yevro—2020 yo‘lida. Ispaniya, Italiya va Daniya bugun o‘ynaydi

0

26-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha 2020-yilgi Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 2-turning so‘nggi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo” nashri ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Turning markaziy o‘yinlaridan birida Shveysariya terma jamoasi Daniya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Shveysariya saralashning ilk o‘yinida Gruziyani taslim qilgan bo‘lsa, Daniya esa Kosovo bilan durang natija qayd etgandi (2:2).

Dastlabki turda Norvegiya termasini bazo‘r yutgan Serxio Ramos yetakchiligidagi Ispaniya terma jamoasi safarda Maltani sinovdan o‘tkazadi.

Shu kuni saralashning “J” guruhidan o‘rin olgan bahsda Roberto Manchini qo‘l ostidagi Italiya terma jamoasi o‘z maydonida Lixtenshteyn termasi bilan bellashadi. Uchala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar birinchi uchrashuvda Finlyandiya darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

Yevro—2020

Saralash, 2-tur bahslari

26-mart, seshanba

“D” guruhi

Irlandiya—Gruziya 00:45

Shveysariya—Daniya 00:45

“F” guruhi

Malta—Ispaniya 00:45

Norvegiya—Shvetsiya 00:45

Ruminiya—Farer orollari 00:45

“J” guruhi

Armaniston—Finlyandiya 22:00

Bosniya va Gertsegovina—Gretsiya 00:45

Italiya—Lixtenshteyn 00:45