«China cup-2019». O‘zbekiston MTJ 3-o‘rin uchun bahsda Xitoyga qarshi maydonga tushadi

0

Bugun Xitoyda «China cup-2019» musobaqasi o‘z yakuniga yetadi. 3-o‘rin uchun bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Uchrashuv «Guanxi Sports Center» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi. Shuningdek, bugun musobaqa finalida Urugvay terma jamoasi Tailand bilan kuch sinashadi.

«China cup-2019», 3-o‘rin uchun o‘yin.

Nanning, «Guanxi Sports Center» stadioni.

O‘zbekiston — Xitoy.