Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga: Siz amalga oshirayotgan islohotlar sur’ati meni g‘oyat xursand qilmoqda

0

AQSh prezidenti Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Navro‘z Sizga, oilangizga va O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Ushbu ajoyib bayram munosabati bilan ko‘plab amerikaliklar hamda dunyodagi boshqa xalqlar yangilanish va uyg‘onish ayyomini birgalikda nishonladilar.

O‘tgan yil may oyida Siz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv menga katta mamnuniyat bag‘ishladi, Siz amalga oshirayotgan islohotlar sur’ati meni g‘oyat xursand qilmoqda. Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda. Biz Afg‘onistonda barqaror taraqqiyot va tinchlikka erishishning tarafdori bo‘lgan paytda Sizning Shimoliy yo‘lak masalasida qo‘llab-quvvatlashingizni qadrlayman.

Navro‘z muborak!

Samimiyat ila,

Donald Tramp, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting