O‘zbekiston BAA fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

0

O‘zbekiston 20-martdan Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun mamlakat hududiga kirganidan 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni bu haqdagi farmonni imzoladi.

Foto: Wikipedia

O‘zbekistonga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga bir yillik ko‘p martalik vizalar O‘zbekistonning chet eldagi muassasalarida 3 ish kunida rasmiylashtiriladi. Bunda O‘zbekistondagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etish talabi bekor qilindi.

Farmonda qayd etilishicha, hujjat O‘zbekiston va BAA o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, O‘zbekistonda qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting