Qiziqarli soʻrovnoma: Oʻzbekistonda Navroʻz bayrami anʼana va urf-odatlariga munosabat

0
Yoshlar U-Reportga murojaat qilib, ularning tengqurlari Navroʻz haqida nima oʻylashlari, bayram anʼana va udumlariga munosabatlari qanday, Navroʻzni qanday nishonlashishini bilishni istadilar. U-Report jamoasi Sizni Navroʻz bayrami bilan chin dildan tabriklaydi! Sizlarga yorqin quyoshli Yangi Yil tilaymiz! Baxt va saodat hamrohingiz boʻlsin!

Soʻrovda Oʻzbekiston boʻylab 1700 yaqin respondentlar qatnashdi.

Soʻrovning asosiy tahliliy natijalari:

  1. 28% yoshlar Navroʻz bu diniy (Islom) bayram deb hisoblashar ekan.
  2. 67% soʻrov ishtirokchilari Navroʻzni oilasi yoki qarindoshlari bilan nishonlashini aytib oʻtishdi.
  3. 73% respondentlar Navroʻz arafasida oʻziga yaqin insonlari (qoʻshnilar, qarindoshlar, hamkasblar va boshqalar) bilan sumalak tayyorlashini aytib oʻtdi.
  4. Ayollar (73%) Navroʻzga oid irimlarga erkaklarga nisbatan (61%) koʻproq ishonadi yoki qisman ishonishadi; shu bilan birga, aynan erkaklar (72%), ayollarga nisbatan (65%) Navroʻzga oid anʼana va udumlarni mamnuniyat bilan bajarishlarini aytib oʻtishdi.
  5. Tahlil shuni koʻrsatmoqdaki, respondentlarning yoshi qancha kichik boʻlsa (ayniqsa 14-19 yoshlilar orasida yorqin namoyon boʼlmoqda), shuncha Navroʻzni nishonlamaydiganlar (masalanshu yoshdagilarning oʼrtacha 32% Navroʼzni nishonlamasligini aytgan boʼlsa, 20 va undan ortiq yoshdagilar oʼrasida bu javob atigi 6%ni tashkil qildi), sumalak tayyorlamaydiganlar (14-19 yohlilar oʻrtasida 44% boʻlsa, 20 va undan yuqori yoshdagilarninfaqat 19% ni tashkil qildi), Navroʻzning udum va anʼanalarini uncha hushlamaydiganlar soni ortib bordi.

Biz U-Reportyorlardan Navroʻzni kim bilan nishonlashiga qiziqdik. 67% soʻrov ishtirokchilari Navroʻzni oilasi yoki qarindoshlari bilan nishonlashini aytib oʻtishdi. Navroʻz, haqiqatdan ham, oilaviy bayram ekanligi koʻrinyapti! Qolgan respondentlar boshqa variantlarni tanlashdi va biz quyidagi natijalarni qoʻlga kiritdik:

  1. Doʻstlar/hamkasblar bilan – 13%
  2. Nishonlamayman – 12%
  3. Mahalla/qoʻshnilar bilan – 5%
  4. Bir oʻzim – 3%

QizigʻI shuki, respondentlarning yoshi qancha kichik boʻlsa – shunchalik Navroʻzni nishonlamaydiganlar soni ortib bordi:

  • 14-19 yoshdagi ishtirokchilarning oʻrtacha 32% Navroʻzni nishonlamasligini aytgan boʻlsa,
  • 20 va undan ortiq yoshdagilar oʻrasida bu javob atigi 6%ni tashkil qildi.

28% yoshlar Navroʻz – bu islomiy bayram deb hisoblasharini aytib oʻtishdi.17% ishtirokchilar Navroʻz diniymi yoki dunyoviy bayrammi bir qarorga kelishmadi.

Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, aslida Navroʻz – milliy urf boʻlib, islomga aloqasi yoʻq. Navroʻz majusiy asosga ega dunyoviy bayramdir. 

Navroʻz xalq sayillarida qatnashasizmi degan savolga respondentlarimiz quyidagi javoblarni berdi:

  • Jonim bilan! – 56%
  • Xohlardim, lekin vaqt yoʻq – 24%
  • Qatnashmayman – 20%.

Sumalak – bayramona dasturxonning koʻrki va shohona taomidir. Soʻrov natijalariga koʻra, 73% respondentlar Navroʻz arafasida oʻziga yaqin insonlari (qoʻshnilar, qarindoshlar, hamkasblar va boshqalar) bilan sumalak tayyorlashini aytib oʻtdi.

Shu bilan birga, sumalak tayyorlamaydiganlar soni 14-19 yohlilar oʻrtasida koʻpchilikni tashkil qildi – 44%; bu koʻrsatkich 20 va undan yuqori yoshdagilarning faqat 19% ni tashkil qildi.

70% respondentlar Navroʻz arafasida oilasida katta ishtiyoq bilan anʼanalarga va urf-odatlarga (uylarni tozalash, qarindoshlarni ziyorat qilish, maxsus ovqatlar tayyorlash va boshqalar) rioya qilishlarini aytsa, 21%i baʼzan rioya qilishini va 10% esa bu oʻtmish sarqiti deb hisoblashini aytishdi.

Qizigʻi, aynan erkaklar (72%) Navroʻzga oid anʼanalarga va urf-odatlarga rioya qilish istagi yuqori ekanligini bildirishdi, ayollar orasida esa bu koʻrsatkich 65% ni tashkil qildi.

Navroʻzga oid irimlarga 35% respondentlar qisman ishonishsa, 30% ishonishini va yana 30% ishonmasligini aytib oʻtishdi. Ammo ginalarni unutib, kechirimli boʻlishga 50% ortiq ishtirokchilar amal qilishini aytishdi.

Erkaklarga (61%) nisbatan ayollar koʻproq (73%) Navroʻzga oid irimlarga toʻliq yoki qisman nishonlashini bildirdilar.

Navroʻz bayrami qariyb 3000 yil oldin paydo boʻlgan. Keyinchalik, Navroʻz qishloq xoʻjaligi marosimidan zardushtiylar bayramiga aylanib, davlat bayrami maqomiga yetgan va Quyosh siymosi ulugʻlangan. “Shohnoma” asarida bayramning ilk nishonlanishi Shox Jamshid hukmronligiga toʻgʻri kelishi aytilgan (shuning uchun tez uchrab turadigan bayram nomi – “Jamshidi Navroʻz”). Tun va kun bir-biriga teng boʻlgan 21 mart kuni yangi quyosh davri, yangi astronomik yil boshlanadi. Shuning uchun turkiy va Eron xalqlari uchun Navroʻz – Yangi Yil hisoblanadi. Bugungi kunda “Navroʻz” Oʻzbekistonda sevimli bayram sifatida nishonlanadi!

Bizlar sizlarni yana bir bor goʻzal Navroʻz bilan qutlaymiz!

Izoh: Soʻrov natijasida olingan maʼlumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ maʼlumot emas va soʻrovda qatnashgan 1700 ga yaqin respondentlarning fikridir.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting