O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindistonni yirik hisobda taslim qildi (video)

0

22-mart, juma kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston U-23 termasi bilan bahsga kirishdi.

Foto: Championat Asia

O‘yinning 45-daqiqasida Islomjon Qobilov 11 metrlik jarima zarbasidan hindlar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Bobur Abduholiqov 79 va 82-daqiqalarda gol urib, dublga erishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston U-23 termasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.