Iroqda me’yoridan ortiq yo‘lovchi olib ketayotgan parom halokati videosi paydo bo‘ldi

0

Iroqda 200 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan parom halokati videosi paydo bo‘ldi. Video RT tomonidan o‘zining YouTube kanalida omma e’tiboriga havola qilingan.

Foto: Youtube

Kadrlarda paromning bir tomoni suv ostiga cho‘kayotgani, keyinchalik ag‘darilgani aks etgan. BBC xabariga ko‘ra, 94 kishi, jumladan 19 nafar bola va 60 dan ortiq ayol halok bo‘lgan. 55 yo‘lovchi qutqarilgan, lekin paromdagi odamlar soni qariyb 200 kishini tashkil etgan.

Halokatning sababi paromda me’yoridan ortiq yo‘lovchi bo‘lganidir.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting