Farg‘onada YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. 4 kishi jiddiy tan-jarohatini oldi.

0

20-mart kuni tungi vaqtda Farg‘ona viloyati Furqat tumani hududidan o‘tuvchi A-376 Qo‘qon–Jizzax avtomobil yo‘lining 21-kilometrida Beshariq tumanida Bodombog‘ ko‘chasida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi Spark avtomashinasi yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga borib urilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

Spark-YTH (1)
Foto: Telegram

YTH oqibatida mashina salonida bo‘lgan 6 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari – haydovchi M.S. va Beshariq tumani Xalqlar do‘stligi ko‘chasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan M.D. kasalxonada vafot etgan.

Beshariq tumanida yashovchi yo‘lovchilar 1998-yilda tug‘ilgan R.J., 1995-yilda tug‘ilgan M.B., 1997-yilda tug‘ilgan D.Sh. va 1999-yilda tug‘ilgan A.Sh. esa og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida ekanligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.