Toshkentdagi “Qurilish” kasb-hunar kolleji talabasi kursdoshini pichoqladi

0

19-mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Visol 7-tor ko‘chasida yashovchi “Qurilish” kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi M.R. kollej oldida o‘zaro janjal tufayli kursdoshi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Bardanko‘l qishlog‘ida yashovchi D.M.ni pichoq bilan jarohatlagan, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Foto: veselajashkola.ru

Natijada D.M. kasalxonaga yotqizilib, M.R. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting