Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqdi

0

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqishini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Prezidentlik vakolatlaridan voz kechishi haqidagi bayonotni u xalqqa murojaati chog‘ida berdi.

“Bu yil mamlakatning oliy rahbari lavozimini egallab turganimga 30 yil to‘lyapti. Men mustaqil Qozog‘istonning birinchi prezidenti bo‘lishdek buyuk sharafga erishdim”, — dedi Nazarboyev.

O‘z yutuqlaridan biri sifatida u Qozog‘iston Respublikasi “zamonaviy demokratik davlatini yaratganligi”ni aytib o‘tdi.

Prezident saylovlarigacha davlat rahbari vazifasini vaqtinchalik parlament senati spikeri Kasim-Jomar Tokayev bajaradi.