Xorazmda bank xodimlari fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pullarni o‘g‘irlagani aniqlandi

0

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi banklardan birida o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida qing‘irliklar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Bankning bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqaroning bank plastik kartochkalaridan 2 yil davomida jami uch million so‘mdan ortiq pullarini ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilish yo‘li bilan o‘g‘irlab kelganliklari ma’lum bo‘ldi.

Mijozlar ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oshkor qilinmadi.