Prezident: “Sportchilar O‘zbekistonga mehmonga emas, o‘z uyiga kelgandek kelishsin”

0

Pavel Bure, Tatyana Navka va rossiyalik boshqa mashhur sportchilarga Toshkentdan kvartiralar ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Humo Arena ochilish marosimidagi chiqishi davomida ma’lum qildi. Bu  haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova ma’lum qildi.

 

                                                       Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari ochilish marosimida ishtirok etgan mashhur sportchilar va murabbiylarga murojaat qildi va ularning ko‘magi, bilimi hamda tajribasiga umid qilishini aytdi.

“Bu sport yulduzlari bilan bugun uchrashdim. Toshkent shahar hokimiga qisqa fursatda ularga kvartiralar ajratib berish bo‘yicha topshiriq berdim. Sportchilar O‘zbekistonga mehmonga emas,  o‘z uyiga kelgandek kelishsin”, — dedi Prezident.