Senator Mirabror Usmonov vafot etdi

0

Senator Mirabror Usmonov 15-mart kuni 72 yoshda hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz».

Seshanba kuni u Toshkentdagi «Ezgu Niyat» O‘zbekiston-Germaniya shifoxonasiga yotqizilgan edi. Bu vaqt davomida u bronxial astma keltirib chiqargan koma holatida yotdi.

Mirabror Usmonov (1947-yilda tug‘ilgan) 2005-yildan buyon Senat a’zosi hisoblanadi. 2006−2017-yillarda O‘zbekiston Futbol federatsiyasiga, 2013−2017-yillarda — Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting