Qashqadaryolik ayol tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani 91 yoshida oldi

0

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlari xonadonma-xonadon yurish tamoyili asosida ham faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: UzA

Davlat xizmatlari markazi xodimlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Kerayet qishlog‘idagi xonadonlardan biriga borganida 91 yoshga to‘lgan Rajab Rahmatovaning hech qanday hujjati yo‘qligini aniqlashdi.

Markaz xodimlarining ko‘magi bilan 1928 yilda dunyoga kelgan Rajab Rahmatovaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Onaxonga shu asosda fuqarolik pasporti rasmiylashtirildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting