O’zbekiston harbiylari NATO qoʻmondonligi mutaxassislari bilan hamkorlikdagi mashg’ulotda qatnashdi

0

Buyuk Britaniya Qirollik harbiy akademiyasi mutaxassislari Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professor-oʻqituvchilari tarkibi bilan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati habar berdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qirollik harbiy akademiyasi professorlari Ed Flint hamda Dunkan Anderson Qurolli Kuchlari akademiyasida harbiy taʼlim olayotgan kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, taʼlim sifatini yanada yaxshilash boʻyicha oʻz maslahatlari bilan boʻlishishdi.

Akademiya professor-oʻqituvchilari bilan oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida soʻnggi paytlarda koʻp tilga olinayotgan va dunyo ahli uchun katta muammoga aylanib ulgurgan “Gibrid urushlari” mavzusiga alohida toʻxtaldi. Bu boʻyicha dunyo miqyosida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar va ularning natijalari qayd etildi. Akademiya professor-oʻqituvchilari mazkur dolzarb mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

Mashgʻulotning ikkinchi kunida Niderlandiyaning Bryunsyum shahridagi NATOning Birlashgan kuchlar qoʻmondonligi bilan videokonferensiya ham uyushtirildi. Unda NATO mutaxassislarining yurtimizga galdagi rejalashtirilgan tashrifi oldidan “Amaliyotlarni rejalashtirish jarayoni” mavzusida uslubiy-yoʻriqnoma mashgʻuloti oʻtkazildi. Videokonferensiyani NATO mutaxassislari Mishel Tereza Uard, Lejik Boyarskiy va Grzegors Remizevskiylar olib bordi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting