Ta’limdagi kamchiliklarni bartaraf etish avvalo qonunchilikni takomillashtirishdan boshlanadi

0

Forsaytni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvoxitov ochib berdi. U oʻz nutqida mamlakatda taʼlim tizimini rivojlantirish zarurati haqida gapirib, jumladan, “Taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integrsiyasi bilangina iqtisodiyotni rivojlantirish mumkin”, deya alohida taʼkidlandi.

Foto: Korrespondent.uz

Abdujabar Abduvaxitov: 70-90 foiz yoshlarimiz oʻz sohasini professional egallanmaganligi tufayli bozorda oʻrnini topa olmayapti

Avval xabar qilganimizdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Oʻzbekiston 2030: Oliy taʼlim muassasalari kelajagiga nazar” mavzusida tadbir boʻlib oʻtmoqda.

– Shuni tan olish lozimki, biz oliy taʼlimda, ilmiy salohiyatda dunyodan orqada qoldik. Bu muammoning eng toʻgʻri yechimi innovatsiyani rivojlantirish.

70-90 foiz yoshlarimiz oʻz sohasini professional egallanmaganligi tufayli bozorda oʻrnini topa olmayapti. Buning yechimi taʼlimning sifati, ilmiy salohiyatini rivojlantirishdir.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov yurtimizdagi oliy oʻquv yurtlarining nufuzli xalqaro reytinglarga kirishini tizimli amalga oshirish haqida gapirdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari

Sharof Rajabboyev Forsayt katta vazifalar – tegishli qonunlar, qarorlar ishlab chiqishimizga koʻmak berishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting