Innovatsiya amaliyotga joriy etilganidagina real kuchga aylanadi

0

Forumning birinchi qismida “Oʻzbekiston taʼlim muassasalari XXI asr texnologik imkoniyatlari va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarga tayyormi?” mavzusida boʻlib oʻtdi. Panel muhokamasida Korzinka.uz kompaniyasi asoschisi Zafar Xoshimov oʻz mulohazalarini bildirib shu jumladan shunday dedi:

– Biznes kengaygani sari yanada sifatli, yangi axborot-texnologiyalarni joriy etish talab etiladi. tatbiq etilgan yangi raqamli tizimimiz bugungi ijobiy natijalarga erishishimizga zamin yaratdi.

Foto: Korrespondent.uz

15 mingga yaqin mahsulot sotiladigan supermarketlarimizga kunida 100-150 ming mizoj kiradi. bu esa tizimni har soniya nazorat qilish zarurligini koʻrsatadi. shu bois yangi axborot tizimlarini joriy etdik. buni amalga oshirish uchun esa mutaxassislar kerak. bu yoʻlda yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari, jumladan, Inha va Oʻzbekiston milliy universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatildi.

Coca-cola kompaniyasining Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston boʻyicha huquqiy menejeri Shabad Xan oʻz nutqida asosan kreativ yondashuvga erishish masalasiga toʻxtatib oʻtdi:

– Forumda muhokama qilinayotgan vazifalarni amalga oshirish uchun avvalo talabalarni kreativlikka oʻrgatish kerak. buning uchun esa ijodiy fikrlash koʻnikmalaridan saboq beriladigan fanlarni joriy etish lozim.

boʻlajak mutaxassis mehnat bozorida boshqalardan ajralib turishi uchun sunʼiy intellekt egallashi mumkin boʻlmagan sohalarni egallashga koʻproq eʼtibor berishsa natija samaraliroq boʻladi.

shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turobjonov sunʼiy intellektni boshqaradigan mutaxassislarni tayyorlash zarurligini aytib oʻtdi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori Komiljon Karimov Kreativlikni rivojlantirish – oliy taʼlim oldiga muhim vazifadir. Maʼlumotlarni tahlil qila olish koʻnikmasini rivojlantirish ham dolzarb masalalardan, ekanini aytib oʻtdi.

Dekos.uz kompaniyasi asoschisi Hasan Mamasaidov Farzandlarimizga ota-onalarning mehrni tizimli berish, pedagoglarning oʻzlaridagi bor bilimlarini toʻlaligicha yetkazish haqida gapirdi. “Made in Uzbekiston” nomini dunyoga yoyish avvalo bu ishni amalga oshirishi mumkin boʻlganlar shu zaminda ekanligini tushunishdan boshlanadi. bu esa toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan taʼlimga bogʻliq.

Texas universiteti vakili, “Buyuk kelajak” xalqaro notijorat tashkiloti eksperti Asqarali Karimov oliy taʼlim muassasasida salohiyatli professor-oʻqituvchilar, zamonaviy shart-sharoit va bilimli bitiruvchilar hal qiluvchi omillar ekani haqda gapirdi.