Oʻzbekiston 2030: Oliy taʻlim va iqtisodiyot integratsiyasi forumi oʻtkazilmoqda

0

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus vazirligi hamda OʻzLiDeP hamkorligida “Oʻzbekiston 2030: oliy taʼlim muassasalari kelajagiga nazar” mavzusida oʻtkazilayotgan forsayt boshlandi. Forsayt oliy taʼlim muassasalari va iqtisodiyotning real sektorining sinergetik integratsiyasi yuzasidan tashkil etildi.

Foto: Korrespondet.uz

Tadbirda OTMlarning XXI asr texnologik imkoniyatlaridan foydalanish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarga tayyorgarlik darajasi, oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyotning real sektori bilan hamkorlik istiqbollari, ularning tadqiqot potensialini rivojlantirish va tijoriylashtirish darajasini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirda respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlar, biznes sektori vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutaxassislari, “Buyuk Kelajak” xalqaro notijorat tashkiloti ekspertlari va talabalar ishtirok etmoqda.

Farhod Umarov, Korrespondent.uz uchun maxsus

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting