Gulistonda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining tamal toshi qo‘yildi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19-fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edilar. Bugun Guliston shahrida ana shu maktab binosiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deyiladi viloyat hokimligi saytidagi xabarda.

Tadbirda viloyat hokimi G‘.Mirzayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari H.Ortiqboyeva hamda bir guruh viloyat faollari so‘zga chiqdi.

Joriy yilning 25-avgustigacha qurib foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur o‘quv muassasasida 150 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim olishi mo‘ljallanmoqda.

Qurilishning loyiha taklifiga ko‘ra, maktab umumiy ko‘rinishi laylakni eslatuvchi binoga ega bo‘ladi. Unda Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodiga oid muzey ham joy olishi belgilangan.