Qozog‘istonda ro‘y bergan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

0

Payshanba kuni soat 2:32 da Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yer silkinishlari qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i Qozog‘iston hududida, O‘zbekiston chegarasiga yaqin yerda joylashgan.

Foto: emsc.eu

Poytaxt seysmostansiyasining «Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, epitsentr Toshkentdan 28 km masofada joylashgan. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 ball, Gulistonda va Jizzaxda 2 baldanni tashkil etdi. Boshqa shaharlar bo‘yicha ma’lumotlar hozircha yo‘q.

Epitsentrda zilzila kuchi 4,5 balni tashkil etdi.