Germaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni bekor qildi

0

Germaniya hukumati o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha kelishuv atrofida yuzaga kelgan vaziyat sababli Rossiyaga nisbatan iqtisodiy cheklovlarni qo‘llamaydi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: “RBK”

Bu haqda Germaniya hukumatining qurolsizlanish va qurol nazorati bo‘yicha komissari Syuzane Bauman Vashingtondagi Karnegi jamg‘armasi konferensiyasida ma’lum qilgan.

“Menimcha, mazkur holatda iqtisodiy sanksiyalar xatti-harakatlarning o‘zgarishlarga olib kelmaydi”, — deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya AQShning Moskva ushbu kelishuv shartlarini buzgan degan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo Baumanning qayd etishicha, “Rossiyaning boshqa xatti-harakatlariga” nisbatan sanksiyalar rejimi allaqachon mavjud.

“Biz bu yo‘lni kelishuvni buzish holatlaridan ko‘ra samaraliroq deb hisobladik”, — deydi Bauman.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting