Yuridik universiteti talabasi “Diplom ishi”ni 500-800 dollarga oladi

0

“UzNews” nashrining ma’lum qilishicha, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ­uchun diplom yozish 200 AQSH dollari, Toshkent davlat yuridik universiteti — 500-800 AQSH dollari, Toshkent moliya instituti — 500 AQSH dollari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 200-400 AQSH dollari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti — ­100-200 AQSH dollarigacha ekan.

Ayni paytda dangasalarning ogʻirini yengil qiladigan “hojatbarorlar”ning ketmoni ucharkan-da?

Xabarga koʻra, oʻsha qoʻshtirnoq ichidagi “diplom yozuvchilar” ham aslida yangi narsa yozayotgani yoʻq ekan. “Inson va qonun­” jurnalining xabariga koʻra, ular arxivdan eski diplom ishlarini olib u bu joyiga oʻzgartirish kiritib egalariga pullashdan nariga oʻtmaydi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting