Butun dunyo radiostansiyalari Maykl Jekson qo‘shiqlaridan voz kechdi

0

Dunyo radio stansiyalari afsonaviy qo‘shiqchining pedofiliya bo‘yicha ayblanayotgan “Neverlandni tark etib” nomli hujjatli filmi namoyishidan so‘ng Maykl Jeksonning qo‘shiqlaridan voz kechishni boshladi, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Marhum ijrochining kompozitsiyalari Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlardagi radio efilardan olib qo‘yildi. Radiokompaniyalar buni tinglovchilarning taqdim etilgan filmga salbiy reaksiyasi bilan izohlamoqda.

Bundan tashqari, film namoyish etilgandan so‘ng, Simpsons multseriali yaratuvchilari Maykl Jeksonning epizodlardan biriga ovoz bergan bir qismini chiqarib tashlashga qaror qilgan. Ushbu epizod barcha platforma va manbalardan o‘chiriladi.

“Neverlend”ni tark etib nomli to‘rt soatlik hujjatli film mart oyi boshida Amerikaning HBO telekanalida namoyish etildi. Lenta Jeyms Seyfchak va Ueyd Robsonning guvohliklari asosiga qurilgan. Ular Maykl Jeksonning bir necha yillar davomida ularning bolaligida zo‘rlaganliklari da’vo qilingan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu qo‘shiqchining Neverlenddagi dala hovlisida sodir bo‘lgan. Filmda namoyish etilgan tafsilotlar oddiy tomoshabinlar va tanqidchilarning hayratga solgan. Filmning rejissyori Den Rid “zo‘ravonlik qurbonlari” haqidagi hikoyalarning to‘g‘riligiga shubha qilmasligini aytgan.

“Daily Mirror”ning yozishicha, agar rejissyor yana ikki nafar prokuror bo‘lgan Jordan Chendler va Gevin Arvizo o‘z bayonotlarini ochiq bayon etishga rozi bo‘lsa filmni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qilgan.