Shvetsiya prokuraturasi Gulnora Karimova ishi yuzasidan Telia sobiq direktoriga nisbatan chiqarilgan oqlov qarori ustidan arz qiladi

0

Shvetsiya prokuraturasi Telia kompaniyasining sobiq direktori Lars Nyubergga nisbatan O‘zbekistondagi korrupsiya ishi bo‘yicha chiqarilgan oqlov qarori ustidan arz qiladi, deb xabar berdi Spot.

Foto: Spot

2007—2013-yillarda Telia’ga rahbarlik qilgan Nyuberg fevral oyi o‘rtasida oqlandi. U va Telia’ning ikki sobiq menejeri 2007—2010-yillarda O‘zbekistondagi kompaniyani pora berish evaziga sotib olganlikda ayblangan edi. Ularning uchchalasi ham o‘zining aybsiz ekanligini ma’lum qilgan.

Prokurorlar ushbu kompaniya Gulnora Karimovaga aloqador ekanligini ta’kidlamoqda.

Sudya Tomas Zander Gulnora Karimova rasmiy ravishda telekommunikatsiya sohasidagi biror-bir lavozimni egallamagani uchun ayblovni asossiz deb topdi.

Prokuror Gunnar Stetler o‘shanda apellyatsiya haqidagi qaror keyinroq qabul qilinishini ma’lum qilgan edi.

Telia O‘zbekistondan 2018-yilning oxirida ketdi, o‘shanda kompaniya o‘zining Ucell’dagi ulushini 215 million dollarga sotgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting