Toshkentda 16 yashar qiz uyida osilgan holda topildi

0

Toshkentda 16 yoshli maktab oʻquvchisi oʻz uyida osilgan holda topildi.

Foto: Sof.uz

UzNews nashrining maʼlum qilishicha, hodisa 8-mart kuni kunduzi sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, 2002-yilda tugʻilgan, 16 yoshli M.X. poytaxtdagi umumtaʼlim maktabining 10-sinfida tahsil olgan.

Tergov bilan bogʻliq jarayonlar tufayli maktab raqami va marhumaning shaxsi oshkor etilmagan.

Voyaga yetmagan shaxsning oʻlimi tafsilotlari va sabablari hozircha maʼlum emas.