Erkaklarda testosteron miqdorining yuqori boʻlishi xavflimi?

0

Erkaklar organizmdagi testosteron miqdorining yuqoriligi tromb (tomirda ivib qolgan qon) paydo boʻlishiga va yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligini rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin, deya maʼlum qilishdi Nyu-York universiteti va Gongong universiteti olimlari. Ilmiy ish natijalarini British Medical Journal eʼlon qildi.

Foto: Sof.uz

Qayd etilishicha, ekspertlar prostata saratoni koʻrigidan oʻtgan 50 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan uch mingdan ortiq erkaklar haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilishadi. Ular testosteron miqdori yuqori boʻlgan erkaklarning umumiy genlarini aniqlashga urinishadi.

Shundan soʻng tadqiqotchilar Buyuk Britaniyaning Biobankiga murojaat qilishdi. Ular topilgan genlarni 392 mingdan ortiq har ikki jins vakillari genlari bilan taqqoslab koʻrishadi. Taqqoslab koʻrishdan asosiy maqsad ushbu genlar va trombning yuqori paydo boʻlishi, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi yoki yurak xuruji oʻrtasidagi bogʻliqni aniqlashdan iborat edi.

Oʻtkazilgan tadqiqot yakunida ekspertlar testosteron miqdorining yuqori boʻlishi trombning paydo boʻlish xavfini 2 baravarga, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi rivojlanishini esa qariyb 8 baravarga oshirishi haqidagi xulosaga kelishdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting