Qo‘qon pedagogika instituti Turkiyaning Karabuk universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

0

Qo‘qon davlat pedagogika instituti Turkiya universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Qo‘qon pedagogika instituti

Institut rektori Aziz Eminov boshchiligidagi delegatsiya shu yilning 2—9-mart kunlari Turkiya davlatiga xizmat safari davomida bu borada kelishuvga erishdi.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Karabuk universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashuvi amalga oshiriladi, birgalikda xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazilib, ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Aziz Eminov Turkiya universiteti tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirdi hamda ularni institutda birga ishlashga taklif qilib, talabgorlarga barcha zarur sharoitlar yaratib berishga so‘z berdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting