Efiopiyada Ethiopian Airlines samolyoti qulashi oqibatida BMTning 19 nafar xodimi halok bo‘ldi

0

Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti qulashi oqibatida BMTning 19 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM) bosh direktori Antonio Vitorino ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

“Bu fojianing barcha qurbonlari oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, BMT bilan bog‘liq tashkilotlarning 19 nafar xodimi ham Efiopiyada halok bo‘lgan”, — deya yozuv qoldirdi Vitorino Twitter‘dagi sahifasida.

Mazkur samolyot bortida bo‘lgan 157 kishidan hech kim omon qolmadi. 35 davlat fuqarolari ushbu fojia qurboni bo‘ldi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting