Jo‘rj Maykl vafotidan uch oy o‘tib Londonda dafn qilindi

0


Londonda 2016-yilning 25-dekabrida 53 yoshda vafot etgan qo‘shiqchi Jorj Maylning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. BBC’ning xabariga ko‘ra, marosimda qo‘shiqchining qarindoshlari hamda yaqin do‘stlari ishtirok etgan.

Jorj Maykl 29-mart kuni Londonning shimoliy qismida joylashgan Haygets qabristoniga dafn qilindi. Xabarlarga ko‘ra, marhum onasining qabri yoniga dafn etilgan. Qabristonning ushbu qismi begona ziyoratchilar uchun yopiq hisoblanadi.

Jorj Mayklning qarindoshlari marhum qo‘shiqchining muslislariga muhabbati hamda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Dafn marosimida Jo‘rj Mayklning “Wham!” qo‘shig‘idagi duetdoshi Endryu Rijli, qo‘shiqchi Xelen DeMak, aktyor va musiqachi Martin Kemplar ishtirok etishdi.

2016-yilning 25-dekabr sanasida Jo‘rj Maykl o‘zining Oksfordshirdagi uyida jonsiz holda topilgan edi. Bir necha haftadan so‘ng qo‘shiqchining yurak hurujidan vafot etgani ma’lum bo‘ldi.