Afg‘onistonda “Tolibon” komandiri o‘ldirildi

0

Afg‘onistonning markaziy qismida “Tolibon” harakati komandiri o‘ldirildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: RBK

Xabarda aytilishicha, komandirning o‘limi Vardak provinsiyasidagi aviazarbadan keyin sodir etilgan.

“Davlat xizmatchilari va tinch aholiga qilingan hujumlar ortida u turibdi”, — deyiladi xabarda.

Vardak provinsiyasi Afg‘onistonning barqaror bo‘lmagan hududi hisoblanadi. 2019-yil yanvar oyida 120 nafar afg‘on xavfsizlik xodimlari harbiy bazaga va Maydan-Vardak provinsiyasidagi politsiya mashg‘ulot markaziga qilingan jangari hujumlar paytida vafot etgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting