Harbiylar “Yashil harbiy hudud” aksiyasida faol ishtirok etmoqda

0

Mamlakat bo‘ylab bahor faslining boshida o‘tkazilayotgan obodonlashtrish tadbirlari harbiy xizmatchilar orasida ham keng ommalashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Shu kunlarda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Yashil harbiy hudud” aksiyasi doirasida harbiy shaharchalar va ularga yaqin hududlarda, harbiy qism va muassasalarda minglab yosh ko‘chatlar o‘tqazilmoqda

Shuningdek, daraxtlar butalanyapti, oqlanmoqda, ariq va ko‘chalar xazondan tozalanyapti, hududlarga yam-yashil o‘tlar va gul ko‘chatlari ekilmoqda.

Aksiyada Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting