O‘zbekistonlik sportchilar Jahon chempionatini 2 ta kumush medal bilan boshladi

0

Shu kunlarda AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Og‘abek Nafasov yigitlar o‘rtasida 55 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvlarda kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Sportchi dast ko‘tarish mashqini 102 kg bilan yakunlab, bu yo‘nalishning kumush medalini qo’lga kiritdi. Siltab ko‘tarish mashqida esa 121 kg natija qayd etdi. Ikki kurash bo‘yicha 223 kg jamg‘argan Nafasov umumiy hisobda ham shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.