Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Namanganga millionta kitob sovg‘a qilinadi

0

Namangan shahridagi Adiblar xiyobonida “Namanganni eng kitobxon viloyatga aylantiramiz” nomli yirik tadbirga start berildi. Bu haqda “Namanganskaya pravda” xabar bermoqda.

Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

“Davlat rahbari tashabbusi bilan bu yil bizga 1 millionta kitob sovg‘a qilinadi. Bepul. Yana viloyatdagi sport maktablariga sport inventarlari, bolalar musiqa va san’at maktablariga yangi musiqa sozlari ham”, — dedi viloyat hokimining o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov viloyat hokimi o‘rinbosariga Namangan 1 millionta kitobni sovg‘a sifatida qabul qilib olishi to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi.

25 ming nusxadagi badiiy adabiyotlarning birinchi turkumi Namanganga yetkazib kelindi. Yozuvchilar uyushmasi va Yoshlar Ittifoqi vakillari ularni maktab kutubxonalariga taqdim etadi.

Shuningdek, viloyatdagi har bir shahar-tumanda o‘ntadan namunali kutubxona ish boshlaydi.