“O‘zbekko‘mir” Rossiyaning “ProgressGorTex” jamiyatiga ishonchli boshqaruvga topshiriladi

0

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Qarorga muvofiq, “ProgressGorTex” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) sho‘ba xo‘jalik jamiyati “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning “O‘zbekko‘mir”AJ ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi.

Shuningdek, qaror bilan, “O‘zbekko‘mir”AJga istisno tariqasida, aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, “ProgressGorTex” MChJ bilan kelishgan holda tegishli ravishda ekspertizadan o‘tkazilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Endilikda ko‘mirlar narxi operatsion sarflar, kapital xarajatlar va 10 foizdan kam bo‘lmagan rentabellik darajasi asosida shakllantiriladi, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan uyg‘un ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting