Pokiston prezidenti: Vatandoshlarim qalbida O‘zbekistonga nisbatan o‘zgacha hurmat va qiziqish bor

0

Pokiston prezidenti Arif Alvi 4-mart kuni “Ayvani-Sadr” qasrida O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

Xabar berishlaricha, Pokiston rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligi ostida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hamda mamlakatdagi huquqiy va institutsional o‘zgarishlarni yuqori baholagan.

Prezident Alvi O‘zbekiston rahbariyatining mintaqada yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tashqi siyosiy tashabbuslarini, ayniqsa uning Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishish borasidagi sa‘y-harakatlarini Pokiston tomoni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini e‘tirof etgan.

“Boy tarixga ega O‘zbekiston buyuk islomiy mutafakkirlarning vatanidir. Shu sabab mening vatandoshlarim qalbida mamlakatingizga nisbatan o‘zgacha hurmat va qiziqish bor”, — deya ta‘kidlagan Pokiston Prezidenti.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting